Текст песни Shahzoda - Unutma

Исполнитель: Shahzoda


Verse 1:
Ikki daryo o'rtasi keng dasturxon,
Tuzin totgan tuzligingni unutma.
Dasturxonni bel bog' qilib o'stirgan,
O'zbek o'g'li o'zligingni unutma.

Sara rayhon bukilgani so'lgani,
Er yigitning egilgani o'lgani.
Yo'l bermagin dushmanlarga kulgani,
O'zbek o'g'li o'zligingni unutma.

Chorus:
Unutma, unutma, o'zligingni unutma,
O'zbek o'g'li o'zligingni unutma [x2]

Verse 2:
Unutmagin mansabingni, zotingni,
Umid bilan otang qo'ygan otingni.
Asra erta kuningni, zuryodingni,
O'zbek o'g'li o'zligingni unutma.

Nochor qolsang nokas qo'lini tutma,
Arslon-ku tulki yo'lini tutma.
O'zingdan o'zgadan marhamat kutma,
O'zbek o'g'li o'zligingni unutma.

Chorus:
Unutma, unutma, o'zligingni unutma,
O'zbek o'g'li o'zligingni unutma [x2]

Другие песни этого исполнителя




Copyright © 2016-2024, "Тексты песен"

Обратная связь

Права на тексты песен, а также их переводы принадлежат их авторам. Все тексты и их переводы представлены исключительно для ознакомления.